«mustaqillik bayrami» tegli maqolalar


Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasi ikki kun kechki soatlarda yopiladi
30 avgust 2023, 21:56

Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasi ikki kun kechki soatlarda yopiladi

31-avgust va 1-sentabr kunlari kechki soatlarda Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi transport harakati uchun yopiladi.

Mustaqillik bayrami sababli pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi
28 avgust 2023, 15:24

Mustaqillik bayrami sababli pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari (naqdsiz shaklda) 29−31-avgust kunlari plastik kartalarga o‘tkazib beriladi. Pullar naqd shaklda oluvchilarga 4-sentabrdan yetkazib beriladi.

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi
21 avgust 2023, 16:10

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 1−3-sentabr kunlari dam oladi. 4-sentabrdan esa barcha yana ishga qaytadi.

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi
11 avgust 2023, 09:34

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha bo‘lgan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.

Ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlangan?
1 sentabr 2022, 13:00

Ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlangan?

O‘zbekistonda ilk Mustaqillik bayrami qayerda va qanday o‘tkazilgan? Unga kim rejissyorlik qilgan? Islom Karimov va rejissyor munozarasiga nima sabab bo‘lgan? “Gazeta.uz” bilan suhbatda 1992−2001-yillardagi bayramlar tashkilotchilaridan biri Usmon Qoraboyev shu va boshqa savollarga javob berdi.

«Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi» — prezident
31 avgust 2022, 20:55

«Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. U Yangi O‘zbekiston deganda har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat tushunilishini ta’kidladi. Shuningdek, 2026 yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi.

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari plastik kartaga 1-sentabrgacha to‘lab beriladi
30 avgust 2022, 12:44

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari plastik kartaga 1-sentabrgacha to‘lab beriladi

Pensiya jamg‘armasi mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari (naqdsiz shaklda) oyning birinchi sanasigacha plastik kartalarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Naqd shaklda oluvchi fuqarolarga esa 5-sentabrdan boshlab nafaqa pullari yetkazib beriladi.

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari YeI doirasida muloqotni rivojlantirishni muhokama qildilar
29 avgust 2022, 21:33

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari YeI doirasida muloqotni rivojlantirishni muhokama qildilar

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer telefon orqali muloqotda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni mamlakat mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi. Tomonlar mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Yevropa Ittifoqi doirasidagi konstruktiv muloqotni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Toshkentdagi avtobuslar bayram kunlarida qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi
24 avgust 2022, 08:00

Toshkentdagi avtobuslar bayram kunlarida qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi

1, 2 va 4 sentabr kunlari Toshkentda avtobuslar yakshanbalik, 3 sentabr kuni esa shanbalik jadval asosida harakatlanadi.

Barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish 5 sentabrdan boshlanadi
16 avgust 2022, 12:21

Barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish 5 sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistonliklar mustaqillikning 31 yilligini nishonlash arafasida ish haftasidan qat’iy nazar ketma-ket 4 kun — 1 sentabrdan 4 sentabrga qadar dam olishadi. Shunga ko‘ra, barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish jarayonlari 5 sentabr — dushanba kunidan boshlanadi.

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz»
2 avgust 2022, 21:13

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz»

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan «tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari» shu shior ostida o‘tkaziladi. Tadbirlar dasturi prezident tomonidan tasdiqlandi.

Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi
27 avgust 2021, 10:58

Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi. Bayramni tashkil etishga qo‘yilgan talablar ma’lum qilindi.

Mustaqillik bayrami arafasida 113 nafar fuqaro afv etildi
28 avgust 2020, 12:49

Mustaqillik bayrami arafasida 113 nafar fuqaro afv etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 113 nafar fuqaro afv etildi. Prezident bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting